2021- yilning yanvar - sentabr oylarida Respublika bo‘yicha jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida aholi mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar ulushi 9,5 % ni tashkil etdi.

Mazkur ko‘rsatkich hududlar kesimida kuzatilganda, eng yuqori ulushlar Xorazm viloyatida qayd etildi – hududdagi barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 22,0 % ini tashkil etdi.
Shuningdek, Surxondaryo viloyatida 15,3 %, Namangan viloyatida 14,8 %, Andijon viloyatida 14,5 % investitsiyalar aholi mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirildi.
Matbuot xizmati


