Respublikamizda 2021- yilning yanvar - sentabr oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 106,1 trln. so‘mni yoki 2020- yilning mos davriga nisbatan 105,4 % ni tashkil etdi.
Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 49,6 % ni tashkil qildi.

Mazkur davrda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan yetishtirilgan mahsulotlar:
don ekinlari – 6,3 mln. tonna
sabzavotlar – 7,8 mln. tonna
kartoshka – 2,5 mln. tonna
poliz ekinlari – 1,4 mln. tonna
meva va rezavorlar – 2,1 mln. tonna
uzum – 1,3 mln. tonna
Matbuot xizmati


