Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning  yanvar-sentabr oylarida Respublika bo‘yicha jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar ulushi 0,9 % ni tashkil etdi.

inv_27_10_21_ichi

Mazkur ko‘rsatkich hududlar kesimida kuzatilganda, eng yuqori ulush Qashqadaryo viloyatida qayd etildi – hududdagi barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalarning 2,3 % ini tashkil etdi.

Shuningdek,  Farg‘ona viloyatida 2,2 %, Jizzax viloyatida 2,0 % va Andijon 1,9 % investitsiyalar Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirildi.