Asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida qayta ishlash sanoati yetakchilik qilmoqda. Ushbu iqtisodiy faoliyat turida jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 44261,9 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 27,0 % i o‘zlashtirilgan. Uning tarkibida eng ko‘p investitsiyalar o‘zlashtirilgan 2 ta faoliyat turlari quyidagilar:
- to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish – 9332,5 mlrd. so‘m (jami asosiy kapitalga investitsiyalardagi ulushi 5,7 %)
- boshqa nometall mineral mahsulotlari ishlab chiqarish – 10411,8 mlrd. so‘m (6,4 %).

Matbuot xizmati


