28/10/2021

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilishi belgilangan.

aholi7_28_10_21_ichi1

aholi7_28_10_21_ichi2

Mazkur tadbirlarni samarali o‘tkazish maqsadida, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga oluvchi shaxslarni o‘qitish va ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorlash ishlari yakunlanmoqda.

Sinov hududlarida shartnoma asosida ishga jalb qilinadigan shaxslar (ro‘yxatga olish uchastka boshlig‘i va uning o‘rinbosari, instruktor, statsionar ro‘yxatga oluvchi va ro‘yxatga oluvchi)larni maxsus dastur asosida o‘qitish va amaliy ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminarlar o‘tkazilmoqda.

aholi7_28_10_21_ichi3

aholi7_28_10_21_ichi4

Seminarlarda xodimlarga ishlarni qanday tashkil etish,  kadastr organlari tomonidan tayyorlangan mahallalarning sxematik xaritalari asosida uy-joylar roʻyxatidan foydalanish, soʻrovnoma blankalarini qanday toʻgʻri toʻldirish,  respondentlar bilan muloqot qilish, toʻldirilgan blankalarni saqlanishi va topshirilishi yuzasidan koʻrsatmalar berilmoqda.

aholi7_28_10_21_ichi5

aholi7_28_10_21_ichi6

Davlat statistika qoʻmitasi xodimlari Yuqori Chirchiq  va Yashnabod tumanlarida sinov tariqasida aholini roʻyxatga olish  boʻyicha vaqtincha jalb qilingan instruktorlik uchastkalari xodimlari uchun tashkil etilgan oʻquv-amaliy seminarda ishtirok etib, oʻz fikr mulohazalarini bildirdi.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech