Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi statistika qo‘mitasining “MDH statistikasiga 30 yil” nomli kitobi chop etildi. Mazkur kitobda Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi statistika idoralarining so‘nggi 30 yil davomida statistika sohasida amalaga oshirgan ishlari, faoliyati, yutuqlari haqidagi ma’lumotlar yoritilgan.

Xususan, O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining faoliyatiga oid ma’lumotlar ham mazkur kitobdan o‘rin olgan: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining statistika kengashi, markaziy apparat boshqarmalari faoliyati, metodik qo‘llanmalar, fotogalereya va boshqa ma’lumotlar.

Shuningdek, qo‘mita rahbarining xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlariga oid fotolavhalar ham to’plamda keltirilgan.

Loading...

Matbuot xizmati