2021- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, YAIM o‘sishi 6,9 % ga yetdi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YAIM umumiy hajmining 92,7 % ini tashkil etdi va 6,9 % ga o‘sdi (YAIM mutlaq o‘sishiga ta’siri 6,4 foiz punktni tashkil etdi). Mahsulotlarga sof soliqlarning YAIM tarkibidagi ulushi 7,3 % ni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,7 % ga o‘sdi (YAIM mutlaq o‘sishiga ta’siri – 0,5 f.p.).

 sns8_01_11_21_uz

        Faoliyat turlari bo‘yicha qo‘shilgan qiymatning o‘sishi quyidagicha bo‘ldi:

– qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 4,2 %;

– sanoatda – 9,0 %;

– qurilishda – 4,5 %;

– xizmatlar sohasida – 7,6 %.

Matbuot xizmati