2021- yilning yanvar-sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 6 346,5 ming tonna – don va dukkakli don ekinlari, 7 803,8 ming tonna – sabzavot, 2 485,6 ming tonna –kartoshka, 1 436,7 ming tonna –poliz, 2 070,7 ming tonna – meva va rezavorlar hamda 1 313,7 ming tonna –uzum yetishtirildi.

dehqon_01_11_21_ichi

yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlari bo‘yicha yuqori ulushga ega hududlar tahlil qilinganda, Respublika bo‘yicha jami yetishtirilgan

 – don ekinlarining 11,4 % i – Farg‘ona viloyati (726,3 ming tonna);

 – sabzavotlarning 15,7 % i – Andijon viloyati (1 225,0 ming tonna);

 – kartoshkaning 20,7 % i – Samarqand viloyati (514,3 ming tonna);

 – polizning 13,8 % i – Surxondaryo viloyati (198,0 ming tonna);

 – mevalarning 20,4 % i – Andijon viloyati (423,4 ming tonna);

 – uzumning 38,0 % i  – Samarqand viloyati (498,4 ming tonna) hissasiga to‘g‘ri keldi.

Matbuot xizmati