Joriy yilning 30- oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida”gi 2020- yil 2- iyundagi PF-6003- son Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan hududiy statistika boshqarmalari mas’ul xodimlari uchun “Statistika salohiyati indeksi” mavzusida vebinar tashkil etildi.

maqola_01_11_21_ichi1

Mazkur vebinarda Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig‘i O. Mamadaliyev ma’ruza qildi.

maqola_01_11_21_ichi2

Ma’ruzada, Jahon banki tomonidan “Statistika salohiyati indeksi”ni hisoblash uslubiyoti bo‘yicha tushuntirish berildi.

maqola_01_11_21_ichi3

Jumladan, mamlakatlarning statistika salohiyatini o‘rganilishi va baholab borilishi 2004- yildan buyon amalga oshirilishi, mazkur indeksda 3 ta asosiy yo‘nalishda 25 ta indikator asosida 140 dan ziyod mamlakatlarning sohada erishayotgan yutuqlarini va milliy statistika tizimini rivojlantirish borasida olib borayotgan islohotlarining natijalari asosida reyting tuzilishi haqida batafsil axborot berildi.

maqola_01_11_21_ichi4

Shundan so‘ng, Jahon bankining 2020- yil yakunlari bo‘yicha reytingi natijalari bilan vebinar ishtirokchilari tanishtirildi. O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi 4 yil davomida amalga oshirilgan ishlar pirovardida, 2020- yil yakuni bo‘yicha mamlakatimiz maksimal 100 balldan 67,8 ballni qo‘lga kiritib, reytingda 61 o‘rinni egallagani, natijada, reytingda 2016- yil hisobotiga nisbatan 62 pog‘onaga, 2019- yil  hisobotiga nisbatan esa 16 pog‘onaga ko‘tarilishiga erishilgangiligi alohida e’tirof etildi.

maqola_01_11_21_ichi5

Shundan so‘ng, hududiy statistika boshqarmalari mas‘ul xodimlari bilan savol-javoblar o‘tkazilib, ularni qiziqtirayotgan barcha savollarga batafsil tushuntirishlar berildi.

Tadbir so‘nggida bunday uchrashuvlar faoliyat davomida yuzaga kelayotgan masalalarni birgalikda hal qilish, hamjihatlikda muammolar yechimini topishga va pirovardida yuksak marralarga erishishga muhim poydevor bo‘lib xizmat qilinishi ta’kidlandi.

Matbuot xizmati