2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, tashish va saqlash tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 5,4 % ni tashkil etdi.

snsss_03_11_21_uz

Tashish va saqlash tarmog‘ining qo‘shilgan qiymati tarkibida eng ko‘p ulush avtomobil transportiga to‘g‘ri keldi va 59,9 % ni tashkil etdi (2020- yil yanvar-sentabrda – 59,5 %).

Mazkur tarmoq umumiy qo‘shilgan qiymatida quvur transportining ulushi 13,6 % (2020- yil yanvar-sentabrda – 15,7 %), temir yo‘l transportining ulushi 11,1 % (2020- yil yanvar-sentabrda – 13,4 %), yordamchi transport faoliyatining ulushi 10,9 % (2020- yil yanvar-sentabrda – 8,9 %), havo transportining ulushi 4,5 % (2020- yil yanvar-sentabrda – 2,5 %)ni tashkil etdi.

Matbuot xizmati