2021- yilning yanvar - sentabr oylarida xorijdan O‘zbekistonga qiymati 105,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 2,2 mln. tonna sement import qilingan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 448,8 ming tonnaga ko‘p.

sement_04_11_21_ichi

2021- yilning 9 oyida O‘zbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar:

Qozog‘iston – 964 ming tonna

Tojikiston – 560 ming tonna

Qirg‘iz R. – 547 ming tonna

Eron – 49 ming tonna

Turkmaniston – 33 ming tonna

Matbuot xizmati