2021- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YAIM) hajmi joriy narxlarda 519,8 trln. so‘mni tashkil etdi va 2020- yilning yanvar-sentabri bilan taqqoslaganda 6,9 % ga o‘sdi.

topsnsss_04_11_21_uzbek

2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, YAIM tarkibida katta bo‘lmagan o‘zgarishlar kuzatildi. YAIM (YAQQ) tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining ulushi 26,3 % dan 26,9 % ga, sanoatning ulushi 26,9 % dan 27,6 % ga oshdi. Shu bilan birga, qurilish tarmog‘ining ulushi 6,9 % dan 6,8 % ga, xizmatlar sohasining ulushi 39,9 % dan 38,7 % ga kamaydi.

Matbuot xizmati