Joriy yilning 4- noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan ochiq dars o’tkazildi. Unda Davlat statistika qo‘mitasi marzakiy apparat boshqarma boshliqlari, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdi.

toshkent_04_11_21_ichi1

Tadbirda joriy yilning 1–25- noyabr kunlari sinov tariqasida o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish tadbirlari bo‘yicha ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayoni, shu yil 11- avgustda qabul qilingan “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati hamda yurtimizda tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan talabalarga atroflicha ma’lumotlar berildi.

toshkent_04_11_21_ichi2

Dastlab aholini ro‘yxatga olishning ahamiyati xususida so‘z yuritildi. Davlat statistika qo‘mitasi Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasi xodimi Sidiqov Olimjon Abdiraximov mavzu bo‘yicha batafsil ma’lumot berib o‘tdi.

toshkent_04_11_21_ichi3

Ta’kidlanganidek, aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.

toshkent_04_11_21_ichi4

Aholini ro‘yxatga olishda har bir fuqaroning ma'lumotlari muhim ahamiyatga ega bo‘lib, avvalo, aholining aniq soni, yoshi, jinsi, fuqaroligi, milliy tarkibi, oilaviy ahvoli, ma'lumoti, uy-joy bilan ta'minlanganlik darajasi, bandligi, daromad manbalari kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha batafsil ma'lumot to‘planadi.

toshkent_04_11_21_ichi5

2020- yilning 11- noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori qabul qilindi.

toshkent_04_11_21_ichi6

Ushbu qarorga binoan O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2023- yilning 1–25- noyabr kunlari o‘tkaziladi. Shuningdek, aholini ro‘yxatga olish jarayoni va barcha me'yoriy hujjatlarni sinovdan o‘tkazish maqsadida 2021- yilning 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilishi belgilandi.

toshkent_04_11_21_ichi7

2021- yil 11- avgustda qabul qilingan “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati xususida Davlat statistika qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Odiljon Mamadaliyev alohida to‘xtalib o‘tdi. Ushbu qonunni ishlab chiqishda BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari uchun maxsus ishlab chiqilgan “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi model qonuniga tayanildi.

toshkent_04_11_21_ichi8

Yangi qonun 7 ta bob va 44 ta moddadan iborat bo‘lib, avvalgi qonunimizdan tubdan farqi qiladi va asosiy jihatlar va yangiliklarni quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin: birinchidan, yangi tushuncha, ya'ni rasmiy statistika tushunchasi amaliyotga joriy etilmoqda. Qonunda rasmiy statistika O‘zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, moliyaviy, ekologik hodisalar va jarayonlarni hamda boshqa hodisalar va jarayonlarni tavsiflovchi, ushbu qonunning qoidalariga muvofiq tayyorlanadigan hamda tarqatiladigan statistika ma'lumotlaridan iboratdir, deb aniq belgilab qo‘yilmoqda.

toshkent_04_11_21_ichi9

Bundan buyon ushbu qonun qoidalariga muvofiq tayyorlanmagan har qanday statistika ma'lumoti rasmiy deb tan olinmaydi va mazkur tushuncha yordamida milliy axborot makonida rasmiy va normasiy statistik ma'lumotlarni aniq ajratib olish imkoniyati yaratiladi.

toshkent_04_11_21_ichi10

Shuningdek, ochiq dars davomida yurtimizda tashqi savdo statistikasi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ham fikr-mulohaza bildirildi. Qo‘mitaning Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Botir Ergashev mavzu bo‘yicha ma’lumot berdi.

toshkent_04_11_21_ichi11

Ta’kidlanganidek, 2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi 28 216,0 mln. AQSH dollarini tashkil etib, 2020-yilga nisbatan 680,4 mln. AQSH dollariga yoki 2,5 % ga koʻpaydi.

Tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi 2021- yil may oyida qayd etilib, 4 250,1 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. 2020-yilning shu oyiga nisbatan 2 078,9 mln. AQSh dollariga koʻpaydi. 2021- yil sentabr oyida tashqi savdo aylanmasi hajmi 3 252,2 mln. AQSh dollarini tashkil etdi va 2020- yilning shu davriga nisbatan 10,1 foizga koʻpaydi.

toshkent_04_11_21_ichi12

Davra suhbatida Davlat statistika qo‘mitasi mutaxassislari talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berdi.

Tadbirda faol ishtirok etgan talabalarga  kitoblar sovg’a qilindi.

Matbuot xizmati