2021- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi joriy narxlarda 519,8 trln. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 6,9 % ga o‘sdi.

YAIM o‘sishi iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridagi – qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 4,2 %, sanoatda 9,0 %, qurilishda 4,5 % va xizmatlar sohasida 7,6 % darajasida qayd etilgan ijobiy o‘sish sur’atlari hisobiga ta’minlandi.
Hududlar kesimida yuqori o‘sish sur’atlari Toshkent sh. (14,1%), Sirdaryo (11,6 %) va Toshkent (9,6 %) viloyatlarida qayd etildi.
Matbuot xizmati


