2021- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, qurilishning O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 6,8 % ni tashkil etdi.

Qurilishning YAHM tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent sh. (10,0 %), Sirdaryo viloyati (9,1 %) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (9,0 %) kuzatildi. Qurilishning YAHM tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng kichik ko‘rsatkich Navoiy (3,8 %) va Toshkent (4,9 %) viloyatlarida qayd etildi.
Matbuot xizmati


