2021- yilning 1- noyabr holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 10 371 tani tashkil etgan.
Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida ushbu sohada 1 542 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 122,9 foizga oshganligini ko‘rishimiz mumkin.

2021- yil yanvar - oktabr oylarida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar:
Toshkent shahri – 286 ta
Farg‘ona viloyati – 179 ta
Samarqand viloyati – 159 ta
Andijon viloyati – 140 ta
Matbuot xizmati


