Mamlakatimizda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida turli vazirlik, idora va boshqa davlat tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari oʻrtasida futbol boʻyicha anʼanaviy “Bosh vazir kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

Ushbu musobaqada Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati xodimlaridan iborat jamoa ham ishtirok etdi.

Ta’kidlash lozimki, joriy yilgi musobaqada 40 dan ortiq jamoa nomi qayd etildi. Turizm va sport vazirligi hamda O`zbekiston futbol assotsasiyasi mutaxassislari tomonidan o`tkazilgan qur`a tashlash marosimi shaffof, adolatli va sport prinsiplariga qat`iy amal qilingan holda bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa nizomiga koʻra, oʻyinlar 25 daqiqadan ikki boʻlim davom etadi. Har bir jamoa oʻz tarkibiga 15 nafar futbolchini kiritishi mumkin va almashishlar soni cheklanmagan.

Joriy yilning 10- noyabriga qadar davom etadigan mazkur musobaqa “Bunyodkor” futbol akademiyasiga qarashli maydonlarda oʻtkazilmoqda.

Hal qiluvchi final oʻyini shu yil 10- noyabr kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Matbuot xizmati


