O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qaroriga muvofiq, sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbirlari 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm  viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshirilishi belgilangan.

aholi_08_11_21_ichi1i

aholi_08_11_21_ichi2

Sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbirlarida ishtirok etishni xohlagan fuqarolar suhbat asosida tanlab olinib, shartnoma asosida vaqtincha ishga jalb etildi.

aholi_08_11_21_ichi3

aholi_08_11_21_ichi4

Mazkur ishlarni sifatli va yuqori darajada tashkil etish maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi boshqarma boshliqlari hamda xodimlaridan iborat 50 nafar kishilik ishchi guruhi shakllantirilib, 4 ta sinov hududiga biriktirildi.

aholi_08_11_21_ichi5

aholi_08_11_21_ichi6

Joriy yil 8- noyabr kuni qo‘mitaning Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda ushbu ishchi guruh a’zolari bilan fikr-mulohaza almashilib, ishni to‘g‘ri tashkil etish va samaradorlikni oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

aholi_08_11_21_ichi7

aholi_08_11_21_ichi8

aholi_08_11_21_ichi9

Ishchi guruh a’zolari ro‘yxatga oluvchilarga mahallalarning sxematik xaritalari asosida uy-joylar ro‘yxatidan foydalanish, so‘rovnoma blankalarini to‘g‘ri to‘ldirish, respondentlar bilan muloqot qilish, blankalarning saqlanishi, topshirilishi va boshqa masalalar  yuzasidan ko‘rsatmalar beradi.

Matbuot xizmati