2021- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, YAIM deflyator indeksi 2020- yilning yanvar-sentabridagi narxlarga nisbatan 113,5 % ni tashkil etdi.Tarmoqlar kesimida deflyator indeksining yuqori ko‘rsatkichlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 119,1 %, sanoatda – 114,5 % hamda qurilishda – 114,5 % qayd etildi. Respublikaning o‘rtacha darajasi (113,5 %)dan past bo‘lgan deflyator indekslari savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 113,3 %, tashish va saqlash, axborot va aloqada – 106,9 % hamda boshqa xizmat tarmoqlarida – 109,5 % kuzatildi. Shu bilan birga, mahsulotlarga sof soliqlarning deflyator indeksi 111,0 % ni tashkil etdi.

sns11_09_11_21_uz

Matbuot xizmati