Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallaydi. 2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga ko‘ra ularning ulushi 25,7 foizni, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi esa 51 820,5 mlrd. so‘mga teng bo‘ldi.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan joriy yilning yanvar-iyul oylarida ushbu yo‘nalishdagi xizmatlar hajmining o‘sish sur’ati 111,0 foizni tashkil etdi.
Ma’lumot uchun: 2020- yilning yanvar-sentabr oylarida savdo xizmatlarining o‘sish sur’ati 100,4 foizni tashkil etgan.
Matbuot xizmati


