2021- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Buxoro viloyatida YAHM 27 419,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2020- yilning yanvar-sentabri bilan taqqoslaganda 6,8 % ga o‘sdi. O‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 105,4 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 46,4 %), qurilishda 108,9 % (8,5 %), xizmatlarda 112,3 % (29,5 %)ni tashkil etdi. Shuningdek, 2020- yilning yanvar-sentabri bilan taqqoslaganda sanoat tarmog‘ida ishlab chiqarish hajmining solishtirma narxlarda kamayishi kuzatildi va 99,7 % ni tashkil etdi (mazkur tarmoqning YAHM tarkibidagi ulushi – 15,6 %). Aholi jon boshiga YAHM 5,4 % ga o‘sdi va 14 006,1 ming so‘mni tashkil etdi.

toooppppeeee_12_11_21_uzb

Matbuot xizmati