2021- yilning 1- noyabr holatiga ko‘ra, respublikamizda jami axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 11 040 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 119,8 foizga oshgan.

2021- yil yanvar - oktabr oylarida axborot va aloqa sohasida 2 180 ta korxonalar yangi tashkil etilib, ularning 2 161 tasi kichik tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

top9-10_12_11_21_ichi

Ushbu sohada yangi tashkil etilgan korxonalar soni bo‘yicha eng ko‘p ulushga ega bo‘lgan hududlarga e'tibor qaratadigan bo‘lsak:

Toshkent shahri – 741 ta

Farg‘ona viloyati – 232 ta

Samarqand viloyati – 198 ta

Toshkent viloyati – 133 tani tashkil etganligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.

Matbuot xizmati