Andijon viloyati aholi umumiy daromadlarining katta qismi mehnat faoliyatidan olingan daromadlari (jami aholi umumiy daromadlarining 64,9 % i) hisobiga shakllandi, bu yollanma ishchilarning daromadlari (19,8 %) va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarni (45,1 %) o‘z ichiga oladi.

Aholi umumiy daromadlari tarkibida shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlarning ulushi 2,9 %, mol-mulkdan olingan daromadlarning ulushi 0,5 %, transfertlardan olingan daromadlar ulushi 31,7 % ni tashkil qildi.

aholi1110_12_11_21_uzb

Matbuot xizmati