2021- yilning 15- noyabr kuni Andijon viloyati Xo’jaobod tumanida xorijlik ekspertlar aholini sinov tariqasida roʻyxatga olish jarayonlarini kuzatib borishmoqda.
Xo’jaobod tumanida aholini sinov tariqasida roʻyxatga olish jarayonlarini kuzatib borish maqsadida tashrif buyurgan xorijlik ekspertlar roʻyxatga olish jarayonlarini kuzatish bilan bir vaqtda qoʻmita mutaxassislariga tegishli taklif va tavsiyalar berishmoqda.
Eslatib o’tamiz: sinov tariqasida aholini ro’yxatga olish 2021- yilning 11- noyabr sanasidan boshlab, Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o’tkazilmoqda.
Sinov tariqasida roʻyxatga olish jarayonlari davom etmoqda.









Matbuot xizmati


