2021- yilning 15- noyabr kuni Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida xorijlik ekspertlar aholini sinov tariqasida roʻyxatga olish jarayonlarini kuzatib borishmoqda.
Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida aholini sinov tariqasida roʻyxatga olish jarayonlarini kuzatib borish maqsadida tashrif buyurgan xorijlik ekspertlar jumladan, BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi vakillari roʻyxatga olish jarayonlarini kuzatib borishmoqda.
Yuqori Chirchiq tumani hokimi, viloyat statistika boshqarmasi boshligʻi hamda qoʻmita boshqarma boshliqlari xalqaro kuzatuvchilarni roʻyxatga olish jarayonlariga koʻrilgan tayyorgarlik holati bilan ham ham yaqindan tanishtirib borishmoqda.
Eslatib o’tamiz: sinov tariqasida aholini ro’yxatga olish 2021- yilning 11- noyabr sanasidan boshlab, Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o’tkazilmoqda.
Sinov tariqasida roʻyxatga olish jarayonlari davom etmoqda.








Matbuot xizmati


