2021- yilning 15- noyabr kuni Xorazm viloyatining Xiva shahrida xorijlik ekspertlar aholini sinov tariqasida roʻyxatga olish jarayonlarini kuzatib borishmoqda.

peri_ichi_15_11

peri_ichi1_15_11

Xorazm viloyatining Xiva shahrida aholini sinov tariqasida roʻyxatga olish jarayonlarini kuzatib borish maqsadida tashrif buyurgan xorijlik ekspertlar jumladan, BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi vakillari roʻyxatga olish jarayonlarini kuzatib borishmoqda.

peri_ichi2_15_11

peri_ichi3_15_11

 Xiva shahri hokimi, viloyat statistika boshqarmasi boshligʻi hamda qoʻmita boshqarma boshliqlari xalqaro kuzatuvchilarni roʻyxatga olish jarayonlariga koʻrilgan tayyorgarlik holati bilan ham ham yaqindan tanishtirib borishmoqda.

peri_ichi4_15_11

peri_ichi5_15_11

Eslatib o’tamiz: sinov tariqasida aholini ro’yxatga olish 2021- yilning 11- noyabr sanasidan boshlab, Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o’tkazilmoqda.

peri_ichi6_15_11

Sinov tariqasida roʻyxatga olish jarayonlari davom etmoqda.

Matbuot xizmati