2021- yilning yanvar - sentabr oylarida Respublikada 8 129,4 ming tonna sut ishlab chiqarilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2020 yilning mos davriga nisbatan 102,3 % ni tashkil qildi.

Sut ishlab chiqarishning yuqori hajmlari 7 676,2 ming tonna yoki umumiy ishlab chiqarish hajmidan 94,4% i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida qayd etildi, aksincha kam hajm 49,7 ming tonna (0,6%) qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda kuzatildi.
Joriy davrda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fermer xo‘jaliklarida 10,3 %, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida 1,8 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 21,8 % o‘sish kuzatildi.
Matbuot xizmati


