Ayni kunlarda aholini sinov tariqasida roʻyxatga olish jarayonlarini kuzatib borish maqsadida tashrif buyurgan xorijlik ekspertlar jumladan, BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi, MDH statistika qo’mitasi vakillari 2021- yilning 16- noyabr kuni Xorazm viloyatining Xiva shahrida sinov tariqasida roʻyxatga olish jarayonlarini kuzatishni boshladi.

Davlat statistika qo’mitasi boshqarma boshlig’i Abdug’ofir Mirzoxidov boshchiligida tuzilgan ishchi guruhi, viloyat statistika boshqarmasi boshligʻi xalqaro kuzatuvchilarni roʻyxatga olish jarayonlariga koʻrilgan tayyorgarlik holati bilan yaqindan tanishtirmoqda.

Eslatib o’tamiz: sinov tariqasida aholini ro’yxatga olish 2021- yilning 11- noyabr sanasidan boshlab, Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o’tkazilmoqda.

Sinov tariqasida roʻyxatga olish jarayonlari davom etmoqda.

xorazaholi_16_11_21_ichi1

xorazaholi_16_11_21_ichi2

xorazaholi_16_11_21_ichi3

xorazaholi_16_11_21_ichi4

xorazaholi_16_11_21_ichi5

xorazaholi_16_11_21_ichi6

xorazaholi_16_11_21_ichi7

xorazaholi_16_11_21_ichi8

xorazaholi_16_11_21_ichi9

Matbuot xizmati