Ayni kunlarda aholini sinov tariqasida roʻyxatga olish jarayonlarini kuzatib borish maqsadida xorijiy ekspertlar tashrif buyurgan.

ich1_16_11

ich2_16_11

Joriy yilning 16- noyabr kuni MDH statistika qo’mitasi raisi V.L. Sokolin, boshqarma boshlig‘i I.A. Zbarskaya Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutiga tashrif buyurdi.

ich3_16_11

ich4_16_11

Ilmiy-amaliy seminarda institut rahbariyati, professor-o’qituvchilar, ilmiy xodimlar va doktorantlar qatnashdi.

ich5_16_11

ich6_16_11

Seminarda MDH statistika qo’mitasi vakillari milliy statistika tizimini xalqaro statistika tizimiga integratsiya qilish, milliy hisoblar bo’yicha xalqaro standartlarga o’tish, tarmoqlar statistikasi, ijtimoiy statistikani rivojlantirish hamda kadrlar malakasini oshirishda institutning ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish masalalari muhokamasi kun tartibidan o’rin oldi.

ich7_16_11

ich8_16_11

Shuningdek, xalqaro ekspertlar O’zbekistonda o’tkazilayotgan aholini ro’yxatga olish jarayonlarini sifatli tashkil etish borasida xalqaro tajriba bilan o’rtoqlashdi.

Matbuot xizmati