2021- yilning 11- noyabr kunidan boshlab respublikamizning 4 ta hududida (Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida) uyma-uy yurib, sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish jarayonlari boshlandi.
Kаdrlаr malakasini oshirish vа stаtistik tаdqiqotlаr instituti professor-o`qituvchilari ham mazkur jarayonlarda faol qatnashmoqdalar, jumladan, joriy yilning 16- noyabr kuni “Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va milliy hisoblar” kafedrasining katta o`qituvchilari Toshkent shahrining Yashnobod tumanida aholini ro‘yxatga olish tadbirlari bo’yicha AQSH va Yevropa davlatlaridan kelgan xalqaro ekspertlar bilan jonli muhokamada ishtirok etishdi.
Shuningdek, institut direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Bahodir G`oyibnazarov Karimovich Toshkent shahri Yashnobod tumanining aholini ro`yxatga olish uchastkalarida bo`lib, ro’yxatga olish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Sinov tariqasida roʻyxatga olish jarayonlari davom etmoqda.










