Joriy yilning 2- noyabr kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan ta’minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.

yashna_19_11_21_ichi1

yashna_19_11_21_ichi2

Unda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida mamlakatimiz bo‘ylab yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish borasida vazifalar belgilandi. Aynan shu orqali shaharlardagi yashil hududlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilganligi, ushbu keng ko‘lamli loyihaga barcha birdek hissa qo‘shishi lozimligi ta’kidlandi.

yashna_19_11_21_ichi3

yashna_19_11_21_ichi4

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amaliy ishlar izchil tashkil qilinmoqda. Joylarda maxsus ajratilgan hududlarda “Yashil maydonlar” bunyod etilmoqda.

yashna_19_11_21_ichi5

yashna_19_11_21_ichi6

Shuningdek, ushbu loyiha doirasida hududiy statistika boshqarmalari tomonidan turli mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda.

yashna_19_11_21_ichi7

yashna_19_11_21_ichi8

Ma‘lumot uchun, mazkur loyiha 10- dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha “dolzarb 40 kunlik” deb e’lon qilindi.

Matbuot xizmati