2021- yilning yanvar - oktabr oylarida O‘zbekistonga qiymati 110,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 300 mln. litrdan ziyod avtomobil benzini import qilingan.

Avtomobil benzini importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 128 mln. litrga oshgan.
O‘zbekiston avtomobil benzinini import qilgan asosiy davlatlar:
Rossiya – 142,3 mln. litr
Turkmaniston – 136 mln. litr
Qozog‘iston – 16 mln. litr
Iroq – 3,6 mln. litr
Eron – 1,8 mln. Litr
Matbuot xizmati


