Bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurishga tegishli. Jami qurilish ishlarining 55,3 % i yoki 2890,6 mlrd. so‘m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.
Yirik qurilish tashkilotlari bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 607,6 mlrd. so‘mlik ishlar bajarildi yoki jami yirik qurilish tashkilotlarining yangi qurilish ishlaridagi ulushi 21,0 % ni tashkil etdi.

Matbuot xizmati


