Joriy yilning 23–25- noyabr kunlari – har bir hisob uchastkasidagi uy-joy manzillarining 10 foizi tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi asosida qayta o‘rganilmoqda.

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida instruktorlar tomonidan ayni vaqtda tanlanma nazorat kuzatuvlari o’tkazilmoqda. Mazkur nazorat kuzatuvlarida instruktorlar ro’yxatga oluvchilar tomonidan to’ldirilgan so’rovnomalarni tanlanma ravishda joyiga chiqqan holda qayta tekshirib ko’rishmoqda.

Eslatib o’tamiz, joriy yilning 1-5 noyabr kunlari aholi sinov tariqasida onlayn ro’yxatga olindi,  11–22- noyabr kunlari – ro‘yxatga oluvchilar uyma-uy yurgan holda ro’yxatga olish jarayonlarini o’tkazdi.

Sinov tariqasida ro’yxatga olish jarayonlarida orttirilgan tajribalar 2023- yilda bo’lib o’tadigan aholini ro’yxatga olish bo’yicha asosiy tadbirning samarali o’tkazilishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi.

yashnobod_ichi1_24112021

Matbuot xizmati