Joriy yilning 19- noyabr kuni Davlat statistika qo'mitasida "O'zbekiston Respublikasining energiya samaradorligi sohasida ma'lumotlarni to'plash bo'yicha tadqiqotlar o'tkazish" texnik ko'mak loyihasini amalga oshirish doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi missiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

djayka_24_11_21_ichi1

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining  mazkur missiya ishining  maqsadi - O'zbekistonda energiya samaradorligi bo'yicha sinov loyihasini amalga oshirish uchun energiya samaradorligi holatini o'rganish, shuningdek, zarur ma'lumotlarni to'plashni davom ettirishdan iborat.

djayka_24_11_21_ichi2

Mazkur uchrashuvda Davlat statistika qo'mitasi Markaziy apparati bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.

djayka_24_11_21_ichi3

Uchrashuvda milliy energetika statistikasi, shuningdek, uy-joy sektori bo'yicha statistik ma'lumotlarga oid masalalar muhokama qilindi. Bunga qo'shimcha ravishda, Davlat statistika qo'mitasi tomonidan yuqorida keltirilgan statistik ma'lumotlarni taqdim etish masalasi ko'rib chiqildi. 

djayka_24_11_21_ichi4

Uchrashuv iliq va do'stona ruhda o'tdi.

Matbuot xizmati