Joriy yilning 23–25- noyabr kunlari – har bir hisob uchastkasidagi uy-joy manzillarining 10 foizi tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi asosida qayta o‘rganilmoqda.

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida instruktorlar tomonidan ayni vaqtda tanlanma nazorat kuzatuvlari o’tkazilmoqda. Mazkur nazorat kuzatuvlarida instruktorlar ro’yxatga oluvchilar tomonidan to’ldirilgan so’rovnomalarni tanlanma ravishda joyiga chiqqan holda qayta tekshirib ko’rishmoqda.

Eslatib o’tamiz, joriy yilning 1-5 noyabr kunlari aholi sinov tariqasida onlayn ro’yxatga olindi,  11–22- noyabr kunlari – ro‘yxatga oluvchilar uyma-uy yurgan holda ro’yxatga olish jarayonlarini o’tkazdi.

Sinov tariqasida ro’yxatga olish jarayonlarida orttirilgan tajribalar 2023- yilda bo’lib o’tadigan aholini ro’yxatga olish bo’yicha asosiy tadbirning samarali o’tkazilishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi.

yashnabod_ichi_24_11_2021

yashnabod_ichi1_24_11_2021

yashnabod_ichi2_24_11_2021

yashnabod_ichi3_24_11_2021

yashnabod_ichi5_24_11_2021

yashnabod_ichi45_24_11_2021

 

Matbuot xizmati