Joriy yilning 2- noyabr kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan ta’minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.

Unda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida mamlakatimiz bo‘ylab yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish borasida vazifalar belgilandi. Aynan shu orqali shaharlardagi yashil hududlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilganligi, ushbu keng ko‘lamli loyihaga barcha birdek hissa qo‘shishi lozimligi ta’kidlandi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi hamda hududiy boshqarmalar tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amaliy ishlar izchil tashkil qilinmoqda. Joylarda maxsus ajratilgan hududlarda “Yashil maydonlar” bunyod etilmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati statistika boshqarmasi tomonidan Yuqori Chirchik tumanidagi 7, 11, 12- maktabgacha taʼlim muassasalarida 825 tup mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi.

yashilmakon_ichi1_25112021

yashilmakon_ichi2_25112021

yashilmakon_ichi3_25112021

yashilmakon_ichi4_25112021

yashilmakon_ichi5_25112021

yashilmakon_ichi6_25112021

yashilmakon_ichi7_25112021

yashilmakon_ichi8_25112021

Matbuot xizmati