2021- yil yanvar-sentabr yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida yalpi ichki mahsulot hajmi 519 825,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,9 % ga o‘sdi.

Ushbu ko‘rsatkich hududlar kesimida tahlil qilinsa, yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmining eng yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent sh. (87 815,6 mlrd. so‘m), Toshkent (57 232,3 mlrd. so‘m) va Navoiy (41 992,3 mlrd. so‘m) viloyatlarida qayd etildi.

Joriy davrda YAHMning yuqori o‘sish sur’atlari Toshkent (114,1 %), Sirdaryo (111,6 %) va Toshkent (109,6 %) viloyatlarida qayd etildi.

sns_uz1_26112021