Har bir hisob uchastkasidagi uy-joy manzillarining 10 foizi tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi asosida qayta o‘rganilmoqda.

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida instruktorlar tomonidan ayni vaqtda tanlanma nazorat kuzatuvlari o’tkazilmoqda. Mazkur nazorat kuzatuvlarida instruktorlar ro’yxatga oluvchilar tomonidan to’ldirilgan so’rovnomalarni tanlanma ravishda joyiga chiqqan holda qayta tekshirib ko’rishmoqda.

Eslatib o’tamiz, joriy yilning 1–5- noyabr kunlari aholi sinov tariqasida onlayn ro’yxatga olindi,  11–22- noyabr kunlari – ro‘yxatga oluvchilar uyma-uy yurgan holda ro’yxatga olish jarayonlarini o’tkazdi.

Sinov tariqasida ro’yxatga olish jarayonlarida orttirilgan tajribalar 2023- yilda bo’lib o’tadigan aholini ro’yxatga olish bo’yicha asosiy tadbirning samarali o’tkazilishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi.

chirchiqper_26_11_21_ichi1

chirchiqper_26_11_21_ichi2

chirchiqper_26_11_21_ichi3

chirchiqper_26_11_21_ichi4

chirchiqper_26_11_21_ichi5

chirchiqper_26_11_21_ichi6

chirchiqper_26_11_21_ichi7

Matbuot xizmati