2021- yilning yanvar-sentabr oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmini o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 98,2 % ni tashkil etdi.
Jami investitsiyalar hajmida, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 88,3 % va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davridagi hajmiga nisbatan 95,7 % tashkil etdi.

Mos ravishda, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 11,7 % va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 122,8 % tashkil etdi.
Matbuot xizmati


