26/11/2021

Har bir hisob uchastkasidagi uy-joy manzillarining 10 foizi tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi asosida qayta o‘rganilmoqda.

Xorazm viloyatining Xiva shahrida instruktorlar tomonidan ayni vaqtda tanlanma nazorat kuzatuvlari o’tkazilmoqda. Mazkur nazorat kuzatuvlarida instruktorlar ro’yxatga oluvchilar tomonidan to’ldirilgan so’rovnomalarni tanlanma ravishda joyiga chiqqan holda qayta tekshirib ko’rishmoqda.

Eslatib o’tamiz, joriy yilning 1–5- noyabr kunlari aholi sinov tariqasida onlayn ro’yxatga olindi,  11–22- noyabr kunlari – ro‘yxatga oluvchilar uyma-uy yurgan holda ro’yxatga olish jarayonlarini o’tkazdi.

Sinov tariqasida ro’yxatga olish jarayonlarida orttirilgan tajribalar 2023- yilda bo’lib o’tadigan aholini ro’yxatga olish bo’yicha asosiy tadbirning samarali o’tkazilishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi.

xiva3_ichi1_26112021

xiva3_ichi2_26112021

xiva3_ichi3_26112021

xiva3_ichi4_26112021

xiva3_ichi5_26112021

xiva3_ichi6_26112021

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech