26/11/2021

Joriy yilning 26- noyabr kuni Qoraqalpoq davlat universitetida iqtisodiyot fakulteti professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantura, mustaqil izlanuvchilar, magistrant va talabalari uchun “Statistika asoslari” bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etildi.

Ta’kidlash lozimki, Prezidentimizning 2020- yil 3- avgustdagi “O'zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga ko‘ra, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda iqtisodiyot tarmoqlari xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida “Statistika asoslari” bo‘yicha turli o‘quv-kurslari tashkil etish vazifasi belgilangan edi.

Mazkur qaror ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori G’ayibnazarov Bahodir Karimovich oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchi va talabalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralari xodimlari uchun “Statistika asoslari” bo‘yicha keng tushuncha berib kelmoqda.

Qoraqalpoq davlat universitetida o‘tkazilgan uchrashuvda Bahodir G’ayibnazarov tomonidan makroiqtisodiy statistik ko‘rsatkichlar tahlili, milliy statistikaning xalqaro statistikaga integratsiyasini amalga oshirish, statistik ma'lumotlarni shakllantirish borasida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti katta o‘qituvchi Umarov Faxriddin Umarovich o‘quv kursi ishtirokchilariga ma'ruza matnlari, taqdimot materiallari, ijtimoiy-iqtisodiy statistika bo‘yicha tayyorlangan tahliliy statistik ma'lumotlar haqida batafsil tushuncha berdi.

qoraqalpoq_ichi1_26112021

qoraqalpoq_ichi2_26112021

qoraqalpoq_ichi3_26112021

qoraqalpoq_ichi4_26112021

qoraqalpoq_ichi5_26112021

qoraqalpoq_ichi6_26112021

qoraqalpoq_ichi7_26112021

Matbuot xizmati

 

 
Tugmani bosing Tinglash GSpeech