Toshkent viloyati aholi umumiy daromadlarining katta qismi mehnat faoliyatidan olingan daromadlari (jami aholi umumiy daromadlarining 75,4 % i) hisobiga shakllandi, bu yollanma ishchilarning daromadlari (31,3 %) va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarni (44,1 %) o‘z ichiga oladi.

Aholi umumiy daromadlari tarkibida shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlarning ulushi 7,2 %, mol-mulkdan olingan daromadlarning ulushi 1,8 %, transfertlardan olingan daromadlar ulushi 15,6 % ni tashkil qildi.
Matbuot xizmati


