2021- yilning yanvar-sentabr oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 71,5 % i to‘g‘ri kelib, 2020- yilning yanvar-sentabr oylari ko‘rsatkichiga nisbatan 0,8 % punktga ko‘paydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2020- yilning mos davriga nisbatan 105,2 % ni tashkil etgan holda 1510,7 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.

Matbuot xizmati


