O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qaroriga muvofiq, sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbirlari 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm  viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshirilishi belgilangan edi.

 Shu yilning 1–25- noyabr kunlari belgilangan hududlarda sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbirlari keng ko‘lamda o‘tkazildi.

Ayni paytda ro‘yxatga oluvchilar tomonidan uyma-uy yurib to‘ldirilgan savolnoma shakllarini sinov hududlaridagi tuman aholini ro‘yxatga olish bo‘limlariga topshirish jarayoni ketmoqda.

savol_2911_21_ichi1

savol_2911_21_ichi2

savol_2911_21_ichi3

savol_2911_21_ichi4

savol_2911_21_ichi5

savol_2911_21_ichi6

savol_2911_21_ichi7

savol_2911_21_ichi8

Matbuot xizmati