Joriy yilning 2- noyabr kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan ta’minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.

yashil_2911_21_ichi1

yashil_2911_21_ichi2

Unda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida mamlakatimiz bo‘ylab yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish borasida vazifalar belgilandi. Aynan shu orqali shaharlardagi yashil hududlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilganligi, ushbu keng ko‘lamli loyihaga barcha birdek hissa qo‘shishi lozimligi ta’kidlandi.

yashil_2911_21_ichi3

yashil_2911_21_ichi4

yashil_2911_21_ichi5

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi hamda hududiy boshqarmalar tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amaliy ishlar izchil tashkil qilinmoqda. Joylarda maxsus ajratilgan hududlarda “Yashil maydonlar” bunyod etilmoqda.

Matbuot xizmati