Respublikada 2021- yilning yanvar-oktabr oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 850 ta ichimliklar ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 8311,6 mlrd. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2020- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 120,5 % ni tashkil etdi.

Ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Toshkent shahar 45,5 % (177 ta ichimlik ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan), Toshkent viloyati 36,8 % (125 ta), hamda Namangan viloyati 6,3 % (53 ta) hissasiga to‘g‘ri keldi.

o_30_11_21_ici

Matbuot xizmati