2021- yil 29-30- noyabr kunlari Toshkent viloyatida Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi ma'lumotlar maktabi (Qirg‘iziston Respublikasi) va Davlat statistika qo‘mitasi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda Data journalism” – ma'lumotlarga asoslangan jurnalistikani targ‘ib etish loyihasi doirasida seminar tashkil etildi.


Seminar data - jurnalistika bilan ishlash ko‘nikmalari va uslublarini rivojlantirish va takomillashtirishga bag‘ishlandi. Tadbirda mamlakatimizning turli hududlaridan jurnalistlar, blogerlar, data-jurnalistlar, shuningdek, maxsus taklif etilgan xalqaro ekspertlar ishtirok etdi. Ushbu tadbirda Ochiq ma'lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A. Sultanov ishtirok etdi.


Ushbu tadbir mamlakatimizda bo‘lib o‘tayotgan “Open Data Week - 2021” ochiq ma'lumotlar haftaligi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Matbuot xizmati


