2021- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Buxoro viloyatida YAHM hajmi 6,8 % ga o‘sdi. YAHM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sish sur’atlari 105,4 % ni, qurilish – 108,9 % ni, xizmatlar sohasi – 112,3 % ni va mahsulotlarga sof soliqlar – 107,2 % ni tashkil etdi. Shuningdek, 2020- yilning yanvar-sentabri bilan taqqoslaganda sanoat tarmog‘ida ishlab chiqarish hajmining solishtirma narxlarda kamayishi (99,7 %) kuzatildi.

Matbuot xizmati


