Toshkent shahri aholi umumiy daromadlarining katta qismi mehnat faoliyatidan olingan daromadlari (jami aholi umumiy daromadlarining 60,3 % i) hisobiga shakllandi, bu yollanma ishchilarning daromadlari (47,2 %) va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarni (13,1 %) o‘z ichiga oladi.
Aholi umumiy daromadlari tarkibida shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlarning ulushi 13,8 %, mol-mulkdan olingan daromadlarning ulushi 7,9 %, transfertlardan olingan daromadlar ulushi 18,0 % ni tashkil qildi.

Matbuot xizmati


